At Termiziy xalqaro turniri oldidan tashkil etiladigan matbuot anjumani qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor 26-29 may kunlari Termiz shahrida Kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun  Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Umumiy sovrin jamg‘armasi 56 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaga dunyoning 50 mamlakatidan tashrif buyurgan 100 dan ortiq polvonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Ayni paytda ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘layotgan ushbu musobaqa oldidan tashkilotchilar, musobaqa rasmiylari va jurnalistlar ishtirokida o‘tkaziladigan matubot anjumanining o‘tkazilish vaqti ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston kurash federatsiyasidan SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum qilishlaricha, ushbu matbuot anjumani 28 may soat 11:00 da Termiz shahrida joylashgan Karvonsaroy mexmonxonasida tashkil etiladi.

Qayd etish joiz,matbuot anjumanida Kurash Xaaltsaro Assotsiatsiyasi raxbariyati, Qit’aviy Konfederatsiya Prezidentlari, O‘zbekiston Kurash Federatsiya va Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiylari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!