"Atalanta" 27 yildan so‘ng yana evrokuboklarda ishtirok etadigan bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning “Atalanta” klubi A Seriya yakunlanishiga ikki tur qolganida o‘zi uchun Evropa ligasi yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ydi.

Chempionatning 36-turida “Milan” bilan 1:1 hisobida durangga imzo chekkan “Atalanta” muddatidan avval kelgusi mavsumda evrokuboklarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Boisi, ayni damda ular o‘zidan keyingi o‘rinda borayotgan Vinchentso Montella shogirdlarini 6 ochkoga ortda qoldirishmoqda. Qolgan ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan taqdirlarida ham “Milan” ularni quvib o‘ta olmaydi. Chunki, “Atalanta” o‘zaro o‘yinlarda ustunlikka ega hisoblanadi. Endi ular kamida 5-o‘rinni egallab, kelgusi mavsum Evropa ligasi guruh bosqichida ishtirok etishadi.

Ma’lumot uchun, “Atalanta” so‘nggi marta 1990 yilda evrokuboklarda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!