"Atletiko" Aleksis Sanches g‘oyasidan voz kechdi

Avvalroq, Madridning “Atletiko” jamoasi “Arsenal” hujumchisi Aleksis Sanchesni sotib olishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, FootballLondon nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra “matraschilar” chililik futbolchi uchun katta maosh to‘lamoqchi emas.

Yuqoridagi manbaada yozilishicha, Sanches uchun bir qator ingliz jamoalari kurash olib borishlari mumkin. Aniqrog‘i "Manchester Siti" va "Chelsi" kabi premer-liga klublari Chili terma jamoasi forvardi uchun “to‘pchilar” istagan pulni berishga tayyor.

Ta’kidlash kerakki, Antuan Grizmanning “Manchester Yunayted”ga o‘tishi tobora aniq bo‘lib bormoqda. Bu holatda esa “Atletiko” o‘ziga yangi hujumchi topishi kerak bo‘ladi.

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!