
"Atletiko"ga Paulino kerak
Madridning "Atletiko" klubi Braziliyaning "Vasko da Gama" jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Paulinoga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra madridliklar 17 yoshli futbolchi uchun 14 mln evrodan voz kechishga tayyor. Biroq, braziliyaliklar Paulinoni 30 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Aytish lozimki, ushbu futbolchi uchun shuningdek PSJ, "Barselona" va "Real" kabi jamoalar ham kurash olib borishmoqda.
Fikrlar