Donnarumma “Bavariya” yulduzini “sindirdi”. U qancha vaqt futbol o‘ynalmaydi?

  • 6 iyul, 11:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA tomonidan yangi formatda tashkil etilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak finalida “Pari Sen-Jermen” futbolchilari “Bavariya” bilan to‘qnash keldi.

Tecno

Bu bahsda ikkita o‘yinchi kam bo‘lib qolganiga qaramay, parijliklar Bundesliga chempioni darvozasiga javobsiz ikkita to‘p kiritdi.

“Bavariya” mag‘lubiyatdan tashqari, juda katta yo‘qotishga duch keldi. Birinchi bo‘lim oxirida  Janluiji Donnarumma bilan to‘qnashgan Jamol Musialaning oyog‘i sinib ketdi.

Bild nashri yozishicha, 22 yoshli hujumkor futbolchining oyog‘i singan va mushak bog‘lamlari shikaslangan. Bu jarohatni davolash uchun kamida to‘rt-besh oy vaqt kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!