Donnarumma o‘zi jarohat etkazgan Musialaga nima dedi?

  • 6 iyul, 11:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA tomonidan yangi formatda tashkil etilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak finalida “Pari Sen-Jermen” futbolchilari “Bavariya” bilan to‘qnash keldi.

Tecno

Bu bahsda ikkita o‘yinchi kam bo‘lib qolganiga qaramay, parijliklar Bundesliga chempioni darvozasiga javobsiz ikkita to‘p kiritdi.

Uchrashuvning kulminatsion nuqtasi birinchi bo‘lim oxiriga to‘g‘ri keldi. Parijliklarning italiyalik darvozaboni Janluiji Donnarumma raqib futbolchisi Jamol Musiala bilan to‘qnashib ketdi.

Germaniyalik o‘yinchining jarohati og‘irligi uchun darhol shifoxonaga olib ketildi. Uchrashuvdan keyin Donnarumma ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali 22 yoshli nemis futbolchisiga murojaat yo‘lladi.

- Jamol, barcha duolarim va eng yaxshi tilaklarim senga qaratilgan, - deb yozd Janluiji Donnarumma.

Ma’lumotlarga qaraganda, Jamol Musiala maydonga qaytish uchun kamida to‘rt-besh oy davolanishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!