“Australian open-2017”: Federer unga ishonmayotganlarni hayratga soldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avstraliya ochiq chempionatining uchinchi bosqich bahslarining dastlabki kunida markaziy uchrashuv jahon reytingining sobiq etakchisi shveytsariyalik Rojer Federer va ayni paytda eng kuchli tennischilar qatorida zikr etilayotgan chexiyalik Tomash Berdix o‘rtasida bo‘ldi.

 

Ushbu uchrashuvda Rojer Federer uning avvalgi darajaga qaytishiga shubha bilan qarayotganlarga o‘z o‘yini orqali javob berdi. Yuqori saviyali o‘yin ko‘rsatgan shveytsariyalik raketka ustasi kuchli raqibni osonlikcha engdi - 6:2, 6:4, 6:4.

Qolgan natijalar quyidagicha bo‘ldi:

Andreas Seppi (Italiya) — Stiv Darsi (Belgiya) 4:6 6:4 7:6 7:6

Jo-Vilfrid Tsonga (Frantsiya, 12) — Jek Sok (AQSh, 23) 7:6 7:5 6:7 6:3

Misha Zverev (Germaniya) — Malek Jaziri (Tunis) 6:1 4:6 6:3 6:0

Stanislas Vavrinka (Shveytsariya, 4) — Viktor Troitski (Serbiya, 29) 3:6 6:2 6:2 7:6

Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 1) — Sem Kuerri (AQSh, 31) 6:4 6:2 6:4

Daniel Evans (Buyuk Britaniya) — Bernard Tomich (Avstraliya, 27) 7:5 7:6 7:6

Key Nisikori (Yaponiya, 5) — Lukash Latsko (Slovakiya, Q) 6:4 6:4 6:4

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!