
Avazbek O‘lmasaliev: Murabbiylarning ishonchini qozonmoqchiman
“Lokomotiv” sharafini himoya qilishdan xursandman. Bu erda o‘zimni ko‘rsatib, Osiyo chempionlar ligasi, O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida jamoaning g‘alabalariga o‘zimning munosib hissamni qo‘shishni va shu orqali murabbiylarning ishonchini qozonishni istayman.
“Lokomotiv” – O‘zbekistonning amaldagi chempioni. Jamoa ajoyib futbolchilardan tashkil topgan. Bu erda o‘yin ko‘rsatib, o‘zimga munosib tajriba orttiraman. Yangi jamoadoshlarimdan ko‘p narsalarni o‘rganmoqchiman", - dedi O‘lmasaliev klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Fikrlar