
Avstraliya termasining eng yaxshi to‘purari so‘nggi o‘yinini qachon o‘tkazadi?
Avstraliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Tim Keyxill shu yilning 20 noyabr kuni terma jamoadagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi.
Livanga qarshi bahs 38 yoshli futbolchining xayrlashuv o‘yini bo‘ladi. JCh–2018 turniridan keyin Keyxill termadagi faoliyatini yakunlagashi haqida e’lon qildi.
U Avstraliya terma jamoasi safida 107 uchrashuv o‘tkazib, 50 ta golga mualliflik qilgan. Faoliyati davomida u “Everton”, “Milluoll”, “Nyu-York Red Bullz”, “Shanxay Shenxua”, “Xanchjou Grintaun” va “Melburn Siti” klublarida to‘p surgan.
1 sentyabr kuni Tim Keyxill Hindistonning “Jamshedpur” klubi bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi mashg‘ulotlarga kirishdi.
Fikrlar