Axror Umarjanov: Bu yilgi Pro-liga bahslari ancha qiziqarli o‘tdi
Xabaringiz bor bugun Pro-liganing “A” guruhida 34-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Jumladan “Istiqlol” o‘z maydonida “Norin”ni 2:0 hisobida engdi. O‘yindan so‘ng “Norin” jamoasi xujumchisi Axror Umarjanov o‘z fikrlarini bildirdi.
- Bugungi o‘yin xaqida gapiradigan bo‘lsam, o‘yin albatta qiziqarli kechdi va muhlislarga yoqadigan o‘yin bo‘ldi deb o‘ylayman. Xar ikkala jamoada xavfli vaziyatlar bo‘ldi. Ammo biz vaziyatlardan foydalana olmadik, raqib jamoa bu vaziyatlardan foydalandi. Natijada biz o‘z darvozamizdan 2 ta gol o‘tkazib yubordik. Murabbiylarimiz tanaffusda kerakli ko‘rsatmalarni berishdi, ammo shu kuni bizga omad etishmadi. Bu yilgi Pro-liga bahslari ancha qiziqarli o‘tdi. Mag‘lubiyatlar g‘irdobiga tushib qoldik. Albatta keyingi mavsumda raqobatdosh jamoa shakllantaramiz va keyingi mavsumda muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman.
Azizbek Abdug‘aniev suxbatlashdi.
Fikrlar