Azar Belgiyada yil futbolchisi deb topildi
Belgiya futbol federatsiyasi mamlakatning yakunlangan 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi.
Unga ko‘ra birinchi o‘ringa “Chelsi” vingeri Eden Azar loyiq ko‘rildi. 28 yoshli futbolchiga so‘rovnomada ishtirok etganlarning 14 974 nafari ovoz berdi.
Bu borada kuchli uchlikdan “Borussiya” Dortmund xavbeki Aksel Vittsel (3 801), va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne (2 005) egallashdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Azar Belgiyaning 2018 yildagi eng yaxshi sportchisi hamda xorijda to‘p surayotgan eng yaxshi belgiyalik futbolchi mukofotlariga sazovor bo‘lgan edi.

Fikrlar