
Azar MYuga qarshi bahsda jarohat olgani ma’lum bo‘ldi
Londonning “Chelsi” klubi vingeri Eden Azar APLning 9-turida “Manchester Yunayted”ga (2:2) qarshi bahsda belidan jarohat oldi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra belgiyalik futbolchi birinchi bo‘limda MYuning ikki a’zosi - Nemani Matich hamda Eshli Yanglarning ishlatgan qo‘polliklaridan so‘ng jarohat olgan. Biroq, shunga qaramay u o‘yin yakuniga qadar maydonda harakat qilgan va o‘yindan so‘ng og‘riq his qilgan.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda Azarning Evropa ligasi doirasida BATEga hamda APLning 10-turida “Byornli”ga qarshi bahslarda ishtirok etishi so‘roq ostida.
Fikrlar