
Azar: Mbappe “Oltin to‘p”ga loyiq
Belgiya terma jamoasi etakchisi Eden Azar ertaga bo‘lib o‘tadigan Frantsiyaga qarshi JCh-2018 yarim finali oldidan raqib jamoa hujumchisi Kilian Mbappe haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Men u bilan bir necha bor telefonda gaplashganman. Bolaligida u mening qanday o‘ynashimni tomosha qilardi, endi esa men uning qanday o‘ynayotganini tomosha qilyapman. Shubhasiz, uning 19 yoshida ko‘rsatayotgan bunday yuqori o‘yinini xurmat qilaman.
U “Oltin to‘p”ni qo‘lga kirita oladi. Lekin mening nazarimda u bunga allaqachon haqli”, - deydi Azar.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya – Belgiya uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
Fikrlar