
Azar: Men hozir dunyoning eng zo‘r futbolchisiman
Londonning “Chelsi” klubi hamda Belgiya terma jamoasi vingeri Eden Azar o‘zining joriy mavsumdagi ko‘rsatayotgan o‘yini haqida gapirib o‘tdi.
“Albatta, hozir men dunyoning eng zo‘r futbolchisiman. Lekin, yanada rivojlanishim mumkin. Masalan, ko‘proq gol urib.
Men hozir etarli darajada yaxshi formadaman. Umid qilamanki ushbu formamni yana uzoq vaqt saqlab qola olaman”, - deydi Azar.
Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum “Chelsi” safida APLda jami 8ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar