Azar mavsum yakunlangach "Chelsi"dan ketishi mumkinligini aytdi
Londonning “Chelsi” klubi etakchisi Eden Azar o‘z kelajagini mavsum yakunlangach hal qilishini aytdi.
“Hozir faqat “Chelsi” haqida o‘ylayapman. Mavsum yakunlanishiga yana 7-8 oy bor, nima bo‘lishini keyin ko‘ramiz.
Mauritsio Sarrida ham xuddi menikidek futbol falsafasi bor. U futbol haqida xuddi biz futbolchilardek o‘ylaydi.
“Napoli”ning ko‘rsatayotgan o‘yinlari bu Sarrining mehnati. Endi uning uslubi “Chelsi”da namoyon bo‘lmoqda. Biz bundan to‘liq qanoatlanyapmiz. Hozir biz yaxshi o‘yinlar ko‘rsatayapmiz”, - deydi Azar.



Fikrlar