Aziz G‘anievga nima qildi?
Qarshining "Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev Pepsi Superligasi 18-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912"ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida yarim himoyachi Aziz G‘aniev borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Azizjon G‘anievni maydonga tushirmayotganimizga asosiy sabab, uni jarohatini yangilab olishidan xavotirdamiz. U nafaqat jamoamizga, balki terma jamoamizga ham kerak. Oldimizda terma jamoamizni Osiyo o‘yinlari kutib turibdi. Nasib etsa, G‘anievning yordami hali bizga ko‘p asqotadi", - deb aytib o‘tdi Berdiev.
Eslatib o‘tamiz, G‘aniev jamoasining so‘nggi 3 o‘yinining barchasini o‘tkazib yubordi.

Fikrlar