Badiiy gimnastikachilarimiz FIG World Challenge Cup 2017 turnirida ishtirok etishdi

CHERY AUTO

Belorussiya poytaxti Minsk shahrida 4-6 avgust kunlari badiiy gimnastika bo‘yicha FIG World Challenge Cup 2017 turniri o‘tkazildi.

Tecno

Ushbu musobaqada hamyurtlarimizdan Anastasiya Serdyukova va Sabina Tokenboevalar ishtirok etishdi. Qizg‘in kechgan bahslarda hamyurtlarimizdan Serdyukova bulavkada bajariladigan mashqlarda final bosqichiga qadar chiqib, 16,85 ballni qo‘lga kiritgan holda, 8-o‘rinni egallagan bo‘lsa, jamoviy bahslarda qizlarimiz to‘p va arqonda bajariladigan mashqlarda 15 ball  bilan sakkizinchi,  5 halqa bilan bajariladigan mashqlarda 15,65 ball bilan ettinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Demak hamyurtlarmizning musobaqada ko‘rsatgan natijalari quyidagicha:

World Challenge Cup, Minsk:

Guruh mashqlari:

3 to‘p+ 2 arqon - 8-o‘rin

5 halqada - 7 o‘rin

Yakkalik mashqlari:

Halqa - Serdyukova A. – 11-o‘rin, Tashkenbaeva S. – 16-o‘rin

To‘p - Serdyukova A. – 11-o‘rin, Tashkenbaeva S. - 14-o‘rin

Bulava - Serdyukova A. – 7-o‘rin, Tashkenbaeva S. - 14-o‘rin

Tasma - Serdyukova A. – 13-o‘rin, Tashkenbaeva S. - 18-o‘rin 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!