Bahodir Jalolov raqibini uchinchi raundda qulatdi
Professional boksda faoliyatini boshlagan Bahodir Jalolov Nyu-Yorkdagi “Foxwoods Casino” arenasida ringga ko‘tarildi.
Boks bo‘yicha “Uzbek Tigers” jamoasi a’zosi Bahodir Jalolov professional ringdagi ilk jangini meksikalik Xyugo Truxiloga (4-0-1, KO2) qarshi o‘tkazib, uchinchi raundida raqibini nokautga uchratdi.
Ushbu jangdan so‘ng, Bahodir Jalolov Sports.uz internet portliga bergan intervyusida shunday dedi:
– O‘ylaymanki, bu g‘alaba men uchun professional boksdagi so‘nggisi bo‘lmaydi. Kelgusi janglarimda ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritaman. Bugungi jang yaxshi o‘tdi, Xyugo ajoyib bokschi va u bilan o‘tadigan janglar doimo barcha uchun og‘ir o‘tgan. Xalqimizning va yaqinlarimning qo‘llab-quvvatlagani va ularning duolari sabab men bugun zafar quchdim, – deydi Bahodir Jalolov.

Fikrlar