Bahrom Abdurahimov yangi mavsumni "Metallurg"da boshlashi mumkin

  • 27 fevral, 2019, 21:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mana yangi yangi mavsum boshlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. “Metallurg” klubi bosh direktori Abduqahhor Ma’rufaliev esa stadion va akademiya holati, shuningdek, tarkibdagi o‘zgarishlar kabi masalalarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Uning so‘zlariga ko‘ra bekobodliklar "Paxtakor" yarim himoyachisi Bahrom Abdurahimov bilan kelishuvga erishishgan va ushbu futbolchi tez orada "Metallurg" safiga kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

"Umuman olganda, selektsiya ishlaridan qoniqdik. Faqat yana bitta ishimiz qoldi. Agarda o‘zimiz xohlayotgan o‘yinchini ham qo‘lga kirita olsak, selektsiyadan to‘liq qoniqqan bo‘lardik. Sizga rostini aytsam, biz “Paxtakor”dagi Bahrom Abdurahimov bilan gaplashyapmiz. Aslida biz ushbu futbolchi bilan kelishib ham qo‘ygandik. Ammo “Paxtakor”da ikkita o‘yinchi jarohat olgani sababli Bahromni o‘zlarida ushlab turishibdi. Agarda “Paxtakor” uni qo‘yib yuboradigan bo‘lsa, darhol safimizga qo‘shib olamiz. Aslida esa Abdurahimov jamoamizga Turkiyadan qaytib kelganimizdan keyinoq qo‘shilishi kerak edi", - deydi "Metallurg" bosh direktori.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!