Balotelli "Borussiya D" va "Arsenal"dan tushgan takliflarni rad qildi

  • 30 may, 2018, 17:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nitstsa” sobiq hujumchisi Mario Balotelli Italiya “A” seriyasiga qaytishni rejalashtirmoqda.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchiga “Roma”, “Jenoa” va “Parma” jamoalari qiziqish bildirmoqda. Shu sabab Balotelli “Marsel”, Dortmundning “Borussiya” va Londonning “Arsenal” klublaridan tushgan takliflarni rad qilmoqda.

Uning agenti Mino Rayola yaqin vaqt ichida italyan klublari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, “Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis bilan transfer borasida gaplashadi.

27 yoshli hujumchi Frantsiya birinchi Ligasida 28 o‘yinda 18 golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!