Balotelli "Nitstsa" bilan shartnomasini uzaytiradi
Italiyalik hujumchi Mario Balotelli yana kamida bir mavsum “Nitstsa”da qolishga qaror qildi. Bu haqda Nice Matin nashri xabar bermoqda.
Tez kunlarda 26 yoshli futbolchining frantsuz klubi bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda. Aytish lozimki, tomonlarning amaldagi kelishuvi shu oy oxirida yakunlanar edi.
Eslatib o‘tamiz, Balotelli “Nitstsa” safiga bundan roppa-rosa bir yil muqaddam “Liverpul”dan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum Frantsiya chempionatida 23ta uchrashuv o‘tkazdi va raqiblari darvozasiga 15ta to‘p yo‘llashga muvoffaq bo‘ldi.

Fikrlar