“Barsa” muhim uchrashuv oldidan “kuchli bosinqirash”ni o‘tkazdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Ko‘k-anorranglilar” kecha La Liganing navbatdagi turida “Real Valyadolid” jamoasi ustidan kichik hisobda ustun keldi. Ammo kataloniyaliklarning ko‘rsatgan o‘yini Chempionlar Ligasi nimchorak finalida “Lion”ga qarshi muhim bahs oldidan muxlislarni o‘ylantirib qo‘ydi.

Biroq 1-0 hisobidagi g‘alabadan hozircha ijobiy tomonlarni ko‘rishimiz ham mumkin. Dastlabkisi, “Barsa” frantsuzlarga qarshi o‘yin oldidan hech qanday jarohatlarsiz g‘alabaga erishdi va eng yaqin ta’qibchisidan etti ochko ortda bormoqda.

Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Bu futbolchilarning ijrosi bilan bog‘liq savollar.

Eng yaxshisi jamoa ikkinchi bo‘limni birinchi bo‘limdagidan ancha mazmunliroy, deyish bilan qutulish mumkin.

“Barselona” dastlabki 45 daqiqada ancha sust o‘yin namoyish qildi. Kelasi hafta bo‘lib o‘tadigan EChL o‘yinini o‘ylab o‘yin taqdirini birinchi taymdayoq hal qilib qo‘ya qolishni istadi. Ammo Valverde shogirdlarining raqib jarima maydonchasidagi say’i-harakatlari hadeganda samara bermadi va faqatgina Lionel Messining penaltidan kiritgan goli evaziga ustunlikka ega bo‘ldi.

Ochig‘ini aytganda 43 daqiqagacha xavfli vaziyatlardan foydalanish 0 darajasida bo‘lib qoldi. Yarim himoyachilarning hujumga qo‘shilishlari ancha og‘ir kechdi. “Barsa” yarim himoyada juda sekin va sust harakatlandi. Hujumda esa samarasiz bo‘ldi.

Bularning hammasida La Liga doirasida yangi jamoasi uchun debyut qilgan Kevin-Prins Boatengni ayblash mumkin.

Ammo, o‘tgan yozda Pako Alkaserning “Borussiya Dortmund”ga o‘tganidan keyin sifatli markaziy hujumchiga ehtiyoj sezgan kataloniyaliklar qishki transfer bozoriga kelibgina arzon narxga Boateng tanlanishi ganalik futbolchining xatosi emas.

Kshishtof Pyatek varianti bor edi, ammo u «Milan»ga o‘tishni ma’qul topdi. Yangi jamoasida 5 o‘yin o‘tkazib naq olti gol urishning uddasidan chiqdi. Boateng esa “Barsa” tarkibida o‘zini ko‘rsata olmayapti.

Uning o‘yinini kuzatish juda qiyin kechdi. Ko‘p qirrali hujumchi ikkinchi bo‘lim yakunigacha atigi bitta vaziyatda ko‘rinish berdi.

Bunday nursiz uchrashuvdan keyin Boatengning “Kamp Nou” orzusi ushalgan bo‘lsada, bundan buyog‘iga yana bir imkoniyatni qo‘lga kiritishi juda qiyin masala bo‘ladi.

Ammo kechagi o‘yinda bir qator etakchi futbolchilarning o‘z darajasidan past o‘yinni namoyish qilgani uchun ganalik hujumchini asosiy aybdorga aylantirib qo‘yish yaramaydi. Pikening La Liga doirasida qatorasiga ikki durangdan keyin erishilgan qiyin g‘alaba jamoa uchun juda zarur ekanligi haqida aytgan gaplarida jon bor.

“Uch ochko olganimiz muhim. Ammo biz yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik va maydondagi hissiyotlarimiz ijobiy emas. Biz ularga qarshi qiynaldik. Biz to‘p bilan tezkor harakatlana olmadik. Biz buni amalga oshirolmasak qiynalib qolamiz” – deya tan oldi.

Boatengning ijrosi kataloniyaliklar oldingi chiziqda qanchalik sifatli transferni amalga oshirganini amalda ko‘rsatib qo‘ydi. Ammo ikkinchi bo‘lim o‘rtasida maydonga tushirilgan asosiy hujumchi Luis Suaresning yaqqol uchta vaziyatni ko‘kka sovurishi oldida Boatengdan muxlislar xafa bo‘lmasa ham bo‘ladi.

O‘yindan Usmon Dembele ham to ulg‘aygunigacha super-yulduz bo‘la olmasligini shubha ostiga qo‘ydi. O‘yindan “chiqib qolgan” frantsiyalik futbolchining o‘rniga Filippe Koutino maydonga tushirildi. Braziliyalik iqtidor egasi ham o‘zini ko‘rsatishda omadsizlikka uchradi.

Hatto buyuk Messi ham oqshomni ancha qiynalib o‘tkazdi. Uning ikkinchi penaltini golga aylantira olmagani yaxshiyamki jamoasiga qimmatga tushmadi.

O‘yindan chiqarilgan yagona xulosa shuki, yana bir marta “Barselona”ning EChLdagi omadli ishtiroki Messining daholigiga bog‘liq bo‘ladi. Bu yaxshi xabar emas. Fakt shuki, bu aslida sir ham emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
19/02/2019 18:04
Ювентус юиади
&
Лео Месси
19/02/2019 14:39
Барселона бу мавсум ҳамма мусобақаларда ғолиб чиқади Худо холаса. Олға Месссиии