
"Barselona" Minani ortga qaytarishi ham mumkin
Marca xabariga ko‘ra, "Barselona"da uni 60 mln evro evaziga sotib olish imkoni mavjud. Biroq mazkur band 2020 yildan kuchga kiradi. Ya’ni u har qanday summa evaziga bo‘lsa ham, Minani 2019 yilda ortga qaytara olmaydi.
Ma’lumot uchun, "Barselona" Minaning transferidan 30 mln evro ishlab oldi. Kataloniyaliklar uni qishda 11,8 mln evroga sotib olgan edilar.
Fikrlar