“Barselona” Rakitich bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas

“Barselona” klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Ivan Rakitich bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas, deya xabar bermoqda Ispaniyaning Sport nashri.

O‘tgan yozda katalon klubi xorvatiyalik futbolchi bo‘yicha 90 million evrolik taklif olgan edi, biroq futbolist klubda qolishni ma’qul ko‘rgan, shuning uchun “ko‘k-anorranglilar” uni sotishga shoshilmagan edi.

Endi jamoa Frenki de Yong bilan imzolagan shartnomadan keyin “Barselona” maydon markazidagi yoshi katta futbolchilar bilan xayrlashmoqchi.

Kataloniyaliklar hozirda Rakitichgning transferidan 65 million evro atrofida ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Yarim himoyachi “Barselona”ga “Sevilya”dan 2014 yili 18 million evroga kelgan edi. Bu mavsum u 30 yoshli futbolchi 34 o‘yinda maydonga tushib, 4 gol va 6 golli uzatmagan mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!