“Barselona” Suaresning diskvalifikatsiyasi bekor qilinmasa ikkinchi “qurol”ni ishga soladi

  • 09.02.2017 15:05
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Kataloniyaning “Barselona” klubi mutasaddilari Luis Suaresning diskvalifikatsiyasi borasida ijobiy natijaga erishmoqchi. Buning uchun klub rahbariyati bu ishning oxirigacha boirshmoqchi. Bu haqda Diari Ara xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, urugvaylik forvardning qizil kartochkasi bekor qilinishi borasida klub Ispaniya Futbol Federatsiyasiga murojaat qilgan. Agar bu borada federatsiya “ko‘k-anor rangliklar”ning apellyatsiyasiga salbiy javob qaytarsa, u holda kataloniyaliklar Lozannadagi xalqaro hakamlik sudiga murojaat qilishadi.  

Eslatib o‘tamiz, Luis Suares Ispaniya Kubogi yarim final javob bahsida ikkinchi marta ogohlantirilib maydondan chetlatilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!