
"Barselona" Valverde bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Barselona" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” ushbu holat yuzasidan 54 yoshli mutaxassisning vakillariga murojaat qilishgan. Xabarlarga qaraganda tomonlar o‘rtasidagi kelishuv sentyabr yoki oktyabr oylariga borib imzolanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Valverdening “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar