
"Barselona" hujumchisini "Borussiya" Dortmundga sotishga rozi bo‘ldi
"Barselona" rahbariyati hujumchi Pako Alkaserning transferi bo‘yicha "Borussiya" Dortmund klubi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda RAC 1 nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning ma’lum qilishicha tomonlar tez orada 24 yoshli futbolchining "Signal Iduna Park"ga transfer qilinganini rasman e’lon qilishadi.
Ma’lumot uchun, Alkaser o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 23ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar