"Barselona" qishda markaziy himoyachi sotib oladi

  • 08.10.2018 17:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi qishki transferlar davrida himoya markazini kuchaytirmoqchi. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra jamoaning Jerar Pike, Tomas Vermalen va Kleman Langle kabi markaziy himoyachilarning ko‘rsatayotgan o‘yinlari bosh murabbiy Ernesto Valverdeni qoniqtirmayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda “Barselona” ayni damda Milan Shkrinyar ("Inter") hamda Matteys de Ligt (“Ayaks”) kabi himoyachilarni ko‘z ostiga olib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!