
“Barselona” shu oy Messiga yangi shartnoma taklif qiladi
Kataloniyaning “Barselona” klubi raxbariyati jamoaning argentinalik etakchisi Lionel Messi bilan iloji boricha tezroq shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sport internet-nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaada yozilishicha, kataloniyaliklar mana shu oy ichida Argentina terma jamoasi etakchisiga shartnomani uzaytirish bo‘yicha rasmiy murojat qiladi. Avvalroq, “ko‘k-anor ranglilar” prezidenti Xosep Maria Bartomeu futbolchi bilan yaqin aloqada ekanligi va barchasi ijobiy yakun topishi haqida ta’kidlab o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha “Barselona” raxbariyati Messini saqlab qolish uchun Turanni Xitoy klublariga sotishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar