"Barselona" skautlari A Seriya yulduzini kuzatishmoqda

  • 22.10.2018 21:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Latsio" xavbeki Sergey Milinkovich-Savich bilan bog‘liq vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda. Bu haqda sport.es nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” skautlari 23 yoshli serbiyalik futbolchini kecha A Seriyaning “Parma”ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsida bevosita stadiondan turib kuzatishgan.

Ma’lumot uchun, Milinkovich-Savichga shuningdek “Manchester Yunayted” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. U joriy mavsum “Latsio” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!