
"Barselona" uch nafar futbolchisining transferidan 100 mln evro ishlab olmoqchi
Kataloniyaning “Barselona” klubi yozgi transferlar davrida uch nafar futbolchisining sotuvidan 100 mln evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Kataloniyaliklar mavsumlar oralig‘ida yarim himoyachilar Tyago Alkantara va Andre Gomesh, shuningdek hujumchi Pako Alkaserni transferga qo‘yib, ularning har birini 30 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Ta’kidlash kerakki, Gomeshga “Milan” va “Napoli”, Alkantaraga “Inter”, Alkaserga esa “Betis” klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Fikrlar