"Barselona" yangi yilgacha Valverdeni lavozimidan ozod qilishi mumkin

“Barselona” klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde joriy yil so‘nggiga qadar o‘z lavozimidan ozod qilinishi mumkin.

O‘tgan yil kataloniyaliklar chempionlikni qo‘lga kiritganiga qaramasdan bu mavsum mutaxassisning starti juda muvaffaqiyatli chiqmayapti deya shubha qilinmoqda.

Valverdening kelajagi kelasi hafta natijalar yanada yaxshilanmasa, katta so‘roq ostida qolishi mumkin.

Agar “Barselona” “Tottenxem” va “Valensiya” bilan o‘yinlarda yaxshi natija qayd etmasa, Valverde yangi yilgacha jamoani tark etishi mumkin. Klub rahbariyati natijalar nazoratdan chiqib ketganligini aytishmoqda, – deydi OkDiario bosh eksperti Eduardo Inda.

“Barselona” 7 turdan so‘ng 14 ochko to‘plab turnir jadvalida etakchilik qilmoqda. Kataloniyaliklar Primerada uchta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!