
“Barselona” yozda Maskerano, Matyo va Turanni sotadi
Ispaniyaning “Barselona” klubi yozda o‘z tarkibidagi ayrim futbolchilar bilan hayrlashishi mumkin. Bu haqda Football Espana xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar yozgi transferlar mavsumida jamoa futbolchilari Xaver Maskerano va Jeremi Matyo bilan hayrlashmoqchi. Shuningdek, Arda Turan ham La Ligani tark etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Arda Turanga Xitoydan takliflar bo‘lgandi. Ammo futbolchining o‘zi hozircha Evropadan ketmoqchi emasligini ma’lum qilgan.
Fikrlar