
“Manchester Siti”da yana tozalash boshlandi. Gvardiola bir himoyachidan qutildi
“Manchester Siti” kelasi mavsum oldidan yoshi katta futbolchilar bilan xayrlashish siyosatini davom ettirmoqda. Klub 35 yoshli himoyachi Kayl Uokerning boshqa “Byornli”ga ko‘chib o‘tganinini rasman e’lon qildi.
- “Manchester Siti”dagilarning bari Kaylga faoliyatining yangi bosqichida muvaffaqiyat tilaydi, - deyiladi klub bayonotida.
Manbalarda qayd etilishicha, agar Kayl Uoker kelasi mavsum yangi jamoasining o‘yinlaridan 70 foizida qatnashsa va “Byornli” yuqori diviziondagi joyini saqlab qolsa, uning transfer summasi 5 million funtgacha ko‘tariladi.
Kayl Uoker “Manchester Siti”ga Xosep Gvardiola davrida, ya’ni 2017 yili olib kelingan. Uning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgan edi.
Kayl Uoker o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Milan”da o‘tkazdi. Italiya klubi tajribali himoyachining transferini to‘liq sotib olishni rad etdi.
Fikrlar