"Barselona"ning asosiy futbolchilaridan biri safga qaytdi

  • 21.02.2019 14:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi xavbeki Artur jarohatidan sog‘ayib mashg‘ulotlarga qo‘shildi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra jamoa a’zolariga “Lion”ga qarshi bahsdan so‘ng bir kunlik dam berilgan. Shu bois 22 yoshli braziliyalik futbolchi kecha yakka tartibda shug‘ullangan.

Ma’lumot uchun, Artur joriy mavsum “Barselona” safida jami 27ta o‘yinda ishtirok etdi va jamoasining 2ta goliga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!