
"Barselona"ning asosiy futbolchisi "Atletiko"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich La Liganing 13- turida "Atletiko"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Ta’kidlash kerakki, 30 yoshli xorvatiyalik futbolchi kecha “Betis”ga (3:4) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilib maydondan chetlatildi va shu sababli bitta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, "Atletiko" - "Barselona" uchrashuvi 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum “Barselona” safida jami 17ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar