"Barselona"ning sobiq a’zosi faoliyatini APLda davom ettirishga juda yaqin turibdi

  • 18 iyun, 2017, 11:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Malaga” klubi va Ispaniya yoshlar terma jamoasi hujumchisi Sandro Ramires faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishga juda yaqin turibdi. Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha, 21 yoshli futbolchi “Everton” klubi bilan deyarli kelishuvga erishgan.

Tecno

Yuqoridagi manbaada yozilishicha futbolchining transfer narxi 6 mln evroni tashkil etishi mumkin. Aytish kerakki, Ramiresga shuningdek Turinning “Yuventus” klubidan ham qiziqishlar bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Sandro Ramires joriy mavsum La Ligada jami 30ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

"Everton" yana bir yirik transferni amalga oshirdi

“Everton” “Inter” yarim himoyachisi borasida muzokaralarni boshladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!