"Barselona"ning sobiq prezidenti vafot etdi
“Barselona” klubining sobiq prezidenti Xose Luis Nunes bugun 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Ma’lumot uchun, Nunes Kataloniya super klubiga 1978-2000 yillarda rahbarlik qilgan. Uning boshqaruvida “Barselona” jami 25ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, “Barselona”Nunes qo‘l ostida 4 yil davomida dunyoning eng boy klubi bo‘lgan.

Fikrlar