Batshuayi yana "Chelsi"ga qaytmoqda

  • 20 dekabr, 2018, 18:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni ijara asosida "Valensiya" safida o‘tkazayotgan hujumchi Mishi Batshuayi yanvardi "Chelsi"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Tecno

Gap shundaki, “ko‘rshapalaklar” rahbariyati klub Chempionlar ligasidan chiqib ketgach xarajatlarni kamaytirish maqsadida belgiyalik futbolchini muddatidan avval “aristokratlar”ga qaytarib bermoqchi.

Ma’lumot uchun, “Valensiya” Batshuayini yozda 3,5 mln evro evaziga bir mavsumga ijaraga olgan edi. U o‘tgan davr mobaynida ispan klubi safida jami 20ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!