
"Bavariya" Riberini jazolashi mumkin
Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Frank Riberi jazoga tortilishi mumkin.
France Football nashrining xabar berishicha 35 yoshli frantsiyalik futbolchi kecha “Bayer”ga (3:1) qarshi uchrashuv yakunlanishidan 7 daqiqa avval zaxira o‘rindig‘ini tark etgan. Keyin stadion xududidan chiqib, taksiga o‘tirib ketgan.
Riberi shu yo‘l bilan uni maydonga tushirmagan bosh murabbiy Niko Kovachga munosabat bildirgan.
Klub rahbariyati esa Riberini ushbu harakatlari uchun jarimaga tortishi mumkin.
Fikrlar