
"Bavariya" bu safar "Enfilda"gi qora an’anasiga chek qo‘ya oladimi? (Baxtiyor TOShTEMIROV blogi)
Xabaringiz bor bugun “Enfild”da UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan markaziy bahs bo‘lib o‘tadi. Aniqrog‘i, “Liverpul” bugun o‘z maydonida “Bavariya”ni qabul qiladi.
Shubhasiz aksariyat ishqibozlarning e’tibori aynan mana shu o‘yinga qaratiladi. Quyida ushbu to‘qnashuvga oid qiziqarli faktlar va jamoalarning taxminiy tarkibi bilan tanishib olishingiz mumkin.
Quyida ushbu uchrashuvga oid eng qiziqarli 5ta faktni keltirib o‘tamiz:
1. “Bavariya” hech qachon “Liverpul” maydonida g‘alaba qozonmagan (2ta durang, 1ta mag‘lubiyat).
2. “Liverpul” Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida qatorasida 6ta o‘yindan buyon o‘z maydonida mag‘lub bo‘lmay kelmoqda.
3. “Bavariya” EChL doirasida APL klublariga qarshi o‘tkazgan so‘nggi 3ta o‘yinda jami 15ta gol urgan.
4. “Bavariya” APL klublariga qarshi EChL pley-off bosqichida jami 15 marta to‘qnash kelgan va shularning 10tasida g‘olib chiqqan hamda 5tasida omadsizlikka uchragan.
5. “Liverpul” va “Bavariya” shu kungacha bor yo‘g‘i 7 marta to‘qnash kelishgan. Shularning 2tasida mersisaydliklar, 1tasida esa myunxenliklar g‘alaba qozonishgan. Qolgan 4ta o‘yin esa durang bilan yakunlangan.
Taxminiy tarkiblar.
"Liverpul" – "Bavariya"
Stadion: "Enfild"
Boshlanish vaqti: 23:00
Bosh hakam: Janluka Rokki (Italiya)
"Liverpul": Alisson – Aleksandr-Arnold, Matip, Fabino, Robertson – Xenderson, Veynaldum, Keyta – Mane, Salax, Firmino.
"Bavariya": Noyer – Rafinya, Zyule, Xummels, Alaba – Kimmix, Tiago, Goretska – Gnabri, Koman, Levandovski.
Fikrlar