
"Bavariya" futbolchisi jiddiy jarohat oldi
Bundan biroz avvalroq “Maynts” o‘z maydonida “Bavariya”ga (1:2) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ta’kidlash kerakki, myunxenliklar uchun ushbu g‘alaba osonlikcha qo‘lga kiritilmadi. Aniqrog‘i, “Bavariya”ning yarim himoyachisi Leon Goretska uchrashuvning 55-daqiqasida jiddiy jarohat oldi va maydonni tark etdi. Uning o‘rniga esa uchrashuvni Renatu Sanshesh davom ettirdi.
Hozircha Goretskaning qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum emas.
Fikrlar