“Bavariya” har qanday holatda ham Xamesni qo‘yib yubormaydi
Myunxenning “Bavariya” klubi huquqiy jihatdan “Real”ga tegishli bo‘lgan, ammo mavsumni ijara asosida “Alyants-Arena”da o‘tkazishi shart bo‘lgan yarim himoyachi Xames Rodrigesning kelajagi borasida bir qarorga keldi.
SportBild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nemis grandi 27 yoshli kolumbiyalik futbolchining ijara shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlaridan foydalanib uni “qirollik klubi”ga qo‘yib yubormoqchi emas. Mobodo Xamesning o‘zi “Real”ga ketish istagini bildirsa, “Bavariya” uni shartnoma shartlariga rioya qilmaganlikda ayblaydiyu
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” Xamesni “Real”dan 2 mavsumga ijaraga olgan. Shu bois futbolchi yangi mavsumni ham Bundesligada o‘tkazishga majbur.



Fikrlar