"Bavariya" ketma-ket 5-uchrashuvda ham g‘alaba qozona oladimi?
Bugun Germaniya Bundesligasining 5-turiga start beriladi. Shu kuni amaldagi chempion “Bavariya” o‘z maydonida “Augsburg”ni qabul qiladi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- Ushbu jamoalar shu kungacha o‘zaro 14 marta to‘qnash kelishgan. Shularning 12tasida “Bavariya”, 2tasida esa “Augsburg”ning qo‘li baland kelgan.
- “Bavariya” o‘tgan mavsum “Augsburg”ni 3:0 va 4:1 hisoblarida taslim etgan.
- “Bavariya” so‘nggi 5ta to‘qnashuvda “Augsburg” darvozasiga jami 19ta gol urgan.
- “Augsburg” so‘nggi marta “Bavariya”ning 2015 yil 9 may kuni mag‘lubiyatga uchratgan.
"Bavariya" – "Augsburg"
Stadion: "Alyants Arena"
Boshlanish vaqti: 23:30
"Bavariya": Noyer, Kiimix, Zule, Boateng, Alaba, Rodriges, Tiago, Myuller, Gnabri, Robben, Levandovski.
"Augsburg": Giefer, Shmidt, Gouvelleuv, Xinterreger, Maks, Bayer, Xedira, Ran, Ku, Chaubi, Gregorich.

Fikrlar