"Bavariya" prezidenti: Kovachning taqdiri "Benfika"ga qarshi o‘yindan so‘ng ma’lum bo‘ladi
"Bavariya" klubi prezidenti Uli Xyoness jamoa bosh murabbiyi Niko Kovachning kelajagi borasida gapirib o‘tdi.
“Ayni damda Kovachning iste’fosi muhokama qilinmayapti. Shuni aytishim mumkinki seshanba kuni “Benfika”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda jamoamizni aniq u boshqaradi. Shundan keyin biz hammasini tahlil qilib chiqamiz va bir qarorga kelamiz. Bugun jamoa juda ham sust futbol namoyish etdi va buni qabul qila olmaymiz”, - deydi Xyoness.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” kecha Bundesliganing 12-turida o‘z maydonida “Fortuna” bilan 3:3 hisobida durang qayd etdi.
Ma’lumot uchun, 47 yoshli xorvatiyalik mutaxassis “Bavariya” boshqaruviga o‘tgan mavsum yakunlangach tayinlangan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar