
"Bavariya" terma jamoa o‘yinchisini oladi
Bundesliga etakchisi "Bavariya" tarkibini kuchaytirishni istamoqda. Myunxenliklar "Verder" tarkibida ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan iste’dodli yarim himoyachi Serj Gnabriga ko‘z tikkan.
21 yoshli futbolchi o‘tgan yili yozda "Arsenal"dan "Verder"ga o‘tgach, uning o‘yini ochilib ketdi. Ayni paytda Gnabriga "Barselona" ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.
Germaniya terma jamoasi a’zosi hisoblangan yarim himoyachisning "Verder" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilgacha davom etadi.
Fikrlar