"Bavariya" uzoq muddatga safdan chiqqan Koman o‘rniga yangi futbolchi sotib olmaydi
Bundesliganing ilk turida «Xoffenxaym»ga (3:1) qarshi bahsda jarohat olgan «Bavariya» yarim himoyachisi Kingsli Komanning kamida 3 oy maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘ldi.
O‘z navbatida klub prezidenti Uli Xyoness uzoq muddatga safdan chiqqan frantsuzning o‘rniga boshqa futbolchi sotib olinmasligini aytdi.
"Hech narsa qilmoqchi emasmiz. Biz 3 oyga yangi futbolchi taklif qilmaymiz", - deydi Xyoness.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq myunxenliklar jarohat olgan Koman o‘rniga PSJdan Yulian Drakslerni olib kelishlari mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar