
Baxtiyor Ashurmatov: AGMK bu bilan to‘xtab qolmaydi
O‘yindan so‘ng AGMK bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Jasur Xasanovlar matbuot anjumanida qatnashdi. Bu haqda Jizzak klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Avvalambor, bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarimizga katta raxmat. O‘yin qiyin o‘tishini bilardik. “So‘g‘diyona” ikkinchi davrada legionerlar bilan tarkibni kuchaytirdi. Jizzaxda har bir jamoa qiyin o‘yin o‘tkazadi. O‘yinni qiyin boshladik,raqiblar to‘p nazoratini o‘z qo‘liga oldi va dastlabki 20 daqiqa ularning ustunligida o‘tdi. Birinchi gol barchasini o‘zgartirib yubordi. Ustunlik biz tomonda o‘tdi, o‘ylagan rejalarimiz amalga oshib,g‘alabani qo‘lga kiritdik. Yigitlarga g‘alaba uchun minnatdorchilik bildiraman. AGMK jamoasi bu o‘yin bilan to‘xtab qolmaydi va biz oxirigacha kurashamiz", - deydi Ashurmatov
"Bugungi o‘yin tomoshabop o‘tdi. Maqsadimiz g‘alaba qozonish edi va biz buni uddaladik. Keyingi o‘yinlarda ham g‘alaba qozonib,olmaliqlik muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz", - deydi Jasur Xasanov
Fikrlar