"Bayer" etakchisi 4ta o‘yinga chetlatildi
Leverkuzenning "Bayer" klubi hujumkor yarim himoyachisi Karim Belarabi 4ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Transfermarkt nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 28 yoshli futbolchi Bundesliganing o‘tgan 3-turida “Bavariya”ga (3:1) qarshi bahsda raqib futbolchisi Rafinya Alkantaraga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘yin ko‘rsatgani uchun shunday jazoga tortilgan. Bundan tashqari Belarabi yana 10 ming evro jarima ham to‘laydi.

Fikrlar