
Bektemir Meliqo‘ziev qozoq bokschini engib oltin medalni qo‘lga kiritdi
81 kg vazn toifasida qit’amizdagi tengsiz bokschi hisoblangan Bektemir Meliqo‘ziev Boks bo‘yicha Osiyo chempionati davomida o‘zining kuchli zarbalari bilan raqiblarini og‘ir ahvolga solib qo‘ydi.
Biroz avval yakuniga etgan ushbu vazn toifasidagi final jangida hamyurtimiz Qozog‘iston vakili Erik Aljanovga qarshi ringga ko‘tarildi.
Bektemir Meliqo‘ziev birinchi bo‘limda tashabbusni raqibga berib qo‘yganiga qaramay, keyingi raundlarda bokschimiz jangdagi ustunlikni o‘z qo‘liga oldi va yakunda g‘alaba qozonishni uddaladi.
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.
Fikrlar